Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
» 7info.UZ — Сараланган Янгиликлар
# Reklama joyi bo'sh!

"Real Madrid" - "Vallidolid" 2:0


Ispaniya La Ligasining 11-turidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

"Real Madrid" o'z maydonida "Vallidolid" bilan bellashib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Bu vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi Santyago Solarining La Ligadagi ilk o'yini edi.

Muxlislar gollarni uzoq kutishdi. 83-daqiqada Vinisius zarbasidan so'ng, Alba to'pni o'z darvozasiga yo'llab qo'ydi. 88-daqiqada Ramos penaltini aniq amalga oshirdi.

Bu natijadan so'ng, "Real Madrid" 17 ochko bilan 6-o'rinda, "Vallidolid" esa 16 ochko bilan 8-o'rinda bormoqda.

La Liga, 11-tur

Real Madrid – Valyadolid 2:0 (0:0, 2:0)
3 noyabr, «Santyago Bernabeu» stadioni

Gollar: 1:0 – 83, avtogol Alba, 2:0 – 88, penalti Ramos.

"Real Madrid": Kurtua, Ramos, Regilon, Odriosola, Nacho, Modrich, Kazemiro (Isko, 56), Asensio (Vinisius Junior, 73), Kroos, Beyl (Vaskes, 71), Benzema.

"Valyadolid": Masip, Kalero, Alba, Martines, Antonito, Suares (Plano, 76), Michel, Toni (Verde, 69), Alkaras, Moyyano (Chop, 85), Unal.

Ogohlantirish: Asensio (45).

"Real Madrid" - "Vallidolid" 2:0

"Real Madrid" - "Vallidolid" 2:0

Manba: www.hala-madrid.uz


Muallif: El Capitano

Teg: Real Madrid, Validolid, La Liga
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Viktoria Plzen"ga qarshi bahsda 1-golga mualliflik qilgan Benzema eng yuqori (8.5) ball jamg'arib uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi..