Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
# "Hala-Madrid.Uz" - Telegramda...
# Qashqadaryo e'lonlari batafsil...

"Real"da bugun murabbiy o'zgaradi: Solari istefosi va Zidan tayinlovi yaqin


Xorijdagi turli nashrlar "Real"da bugun katta o'zgarishlar ruy berishi haqida bong urmoqda.

"El Chiringuito" nashri xabariga ko'ra, Zinedin Zidan "Real" boshqaruvini yana o'z qo'liga oladi. Malum bo'lishicha, yaqin soatlar ichida "Real" Santyago Solarini istefoga chiqaradi.

"Real"da bugun murabbiy o'zgaradi: Solari istefosi va Zidan tayinlovi yaqin

Qayd etilishicha, Toshkent vaqti bilan soat 21:00da "Real" Solariga chiqish eshiklarini ko'rsatadi. Uning o'rni esa jamoaning o'tgan mavsumdagi boshqaruvchisi bo'lgan Zidan bilan to'ldirilishi aytilmoqda. Bunga qadar jamoaga Joze Mourinyu ham qaytarilishi haqida xabarlar chiqqandi. "El Pais" nashri esa Zidan "Real"ga qaytmasligini bildirgandi.

"Real"da bugun murabbiy o'zgaradi: Solari istefosi va Zidan tayinlovi yaqin

Biroq "El Chiringuito" nashri Zinedin Zidan yaqin soatlar ichida "Real" bosh murabbiyi sifatida tanishtirilishi haqida yozmoqda.

Eslatib o'tish joizki, Ronalduning "Yuventus"ga o'tishi haqidagi ilk xabarni ham aynan mazkur "El Chiringuito" nashri elon qilgandi.

Malumot uchun: Zinedin Zidan qo'l ostida "Real" ketma-ket 3 marotaba ECHL bosh sovrini qo'lga kiritib rekord qo'ygandi.

"Real"da bugun murabbiy o'zgaradi: Solari istefosi va Zidan tayinlovi yaqin

Jahonga mashhur "Squawka" nashri Zidan qo'l ostida "Real" jami 149 o'yin o'tkazib, 104 marotaba g'alaba qozongani va 9ta sovrin yutganini eslamoqda. "Real" Zizu boshqaruvida 29 durang va 16 mag'lubiyat qayd etgan. "Real" franciyalik mutaxassis qo'l ostida 149 o'yinda 393ta gol urgan.

Solari boshchilik qilayotgan jamoa esa o'tgan haftada ECHL nimchorak finalida "Ayaks" tomonidan ikki o'yin natijasiga ko'ra musobaqadan chiqarilib yuborildi. SHuningdek, qirollik klubi Ispaniya Kubogida "Barselona" to'sig'idan o'tolmadi. Ispaniya chempionatida esa ayni paytda peshqadamdan 12 ochko ortda qolayotgan "Real" 51 ochko bilan 3-pog'onada bormoqda.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano

Teg: Real Madrid, Zinedin Zidan, Santyago Solari
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Ueska"ga qarshi bahsda 1 bor raqib darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa 1ta golli uzatma berdi va uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi.