Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa


Madridning "Real" klubi "Liverpul" hujumchisi Sadio Manega qiziqish bildirmoqda.

Le10sport.com - portali yozishicha, "Real Madrid" Parij klubi forvard Kilian Mbappeni qo'lga kiritish qiyin ekanligi bois, e'tiborini Sadio Manega qaratgan. Klub 21 yoshli fransiyalik hujumchidan ko'ra, 28 yoshli senegallikni taklif etish osonroq ekanligiga ishonmoqda. Manening o'zi ham oldinroq "Real Madrid" safida to'p surishni orzu qilishi haqida gapirgan edi. Futbolchining "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp bilan munosabatini yaxshi deb bo'lmaydi.

Ma'lumot uchun, Sadio ushbu mavsumdagi jami 38 o‘yinda 18ta gol va 12ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Manba: www.tribuna.com




Muallif: Murod Obidovich |
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
King of the mach
Lukas Vazkes | "Betis" bilan bo'lgan uchrashuvda Lukas Vazkes ajoyib o'yin ko'rsatdi va yakunda 7.4 ball bilan jamoa tarkibida harakat qilgan eng yaxshi futbolchi dev topildi.