Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklamaga bosing sayt rivoji uchun!
# Sayt rivoji uchun bu yerga >> [bosing]

Qiziqarli maqola Tovon puli, yoxud "CA" nashridan...


Futbolchining shartnomasidagi tovon pulini to'lay olsangiz, uni olib ketaverasiz.

Sizga yoqadimi, yo'qmi, uyog'iga kechirib qo'yasiz. Hujjatda shunday belgilangan. Qoidasi shunaqa!

"Barselona" taslim bo'ldi" degan jumla ba'zilarga xush kelmadi. Ammo vaziyat chindan ham shunday ediku!

Ba'zilar amalga oshishini xohlagan, yana bazilar chin dildan bunday bo'lmasligiga ishongan transfer - Neymar "PSJ"ga o'tdi.

"Barselona" o'z etakchisini sotishni istamagani ham, oxirigacha uni jamoada olib qolishga uringani ham bor gap-ku?!

SHu o'rinda, ko'pchilikda "Nega "Barselona" shartnomadagi "tovon puli" degan joyga bor yo'g'i 222 million evro deb belgilab qo'ygan?", degan savol tug'ildi. Bu chindan ham qiziq holat. To'g'ri, 222 million ham kichik summa emas va bu pulga nimalar sotib olsa bo'lishini avvalroq "CA" nashri jurnalistlari sanab o'tgandi. Ammo, lekin, biroq... Dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri deyiladigan Neymar uchun kam emasmidi bu narx?

Mana shu sabab bo'ldi va biz Ispaniyaning boshqa bir klubi - "Real Madrid" o'z futbolchilari bilan shartnoma tuzayotganda qanday tovon puli belgilaganiga qiziqdik. Va ishonamizki, bu raqamlar sizni ham befarq qoldirmaydi.

Demak, quyidagi bazi futbolchilarning shartnomalaridagi tovon pulini etiboringizga havola etamiz.

Tovon puli:
Ronaldo
- 1 milliard evro
Benzema - 1 milliard evro
Modrich - 500 million evro
Beyl - 500 million evro
Xames - 500 million evro
Sebalos - 500 million evro
Asensio - 350 million evro
Kroos - 300 million evro
Neymar esa 222 mln...

Bu bilan "Qirollik klubi" nafaqat o'ta ehtiyotkorona siyosat olib borganini ko'rishimiz mumkin, balki klub ortiqcha gap so'zga o'rin qoldirmay, "bizga kerak futbolchini, o'zimiz istamasak, sotib ololmaysiz" qabilida ish ko'rgan.
Xulosa o'zingizdan, endi bu haqida gapirishdan foyda yo'qligi ham tushunarli, ammo...

O'sha 222 raqamlarni 555 yoki shunga yaqinroq qilib yozsa nima bo'lardi?

Manba: CA



» Teg: Transfer Plus |
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (1)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`tishing.
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga bosing sayt rivoji uchun!
Hafta futbolchisi
Garet Beyl, "Liverpul"ga qarshi bahsda zahiradan maydonga tushib 2 ta golga mualliflik qildi va uning gollari evaziga "Real" 13-kubokni qo'lga kiritdi.