Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklamaga bosing sayt rivoji uchun!

Dibala “Real”dan uchralgan mag'lubiyat va “Barselona”ga o'tishi mumkinligi haqida gapirdi


“Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala CHempionlar ligasi finalida “Real”dan (1:4) uchralgan mag'lubiyat va “Barselona”ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

“Final uchrashuvi haqiqiy dahshatning o'zi edi. Hammasi tushda kechayotgandek edi nazarimda. Finalga qadar biz jiddiy raqiblar bilan kuch sinashgandik va ularga qarshi uchrashuvlarda ikkitadan oshiq gol o'tkazmagandik. Ular esa bizga 45 daqiqada uchta gol urishga erishishgandi.

Futbolda revansh uchun har doim imkoniyat bo'ladi. Ushbu finaldagi alamli mag'lubiyat doim meni xayolimda bo'ladi. Qachonki ushbu musobaqada bosh sovrinni boshim uzra baland ko'tarsam, o'sha alam meni tark etib, xotirjam bo'lishim mumkin.

Hozir hamma “Barselona”da Neymarni o'rnini kim egallashini kutib turibdi. Kimdir Koutino, kimdir Dembele va Grizmann haqida gapirmoqda. Mening ismimni ham bu ro'yxatda sanab o'tishdi. Ammo bularning bari shunchaki mish-mish ekanligini bilaman. Mening yaqinlarim barcha xabarlarni diqqat bilan kuzatib borishmoqda va keyinchalik bu borada menga murojaat qilishmoqda. Ularga bu xabarlar qanday qilib tarqatilganini tushuntirish qiyin.

“Yuventus” ham “Barselona” darajasidagi ajoyib klub. Mening shartnomamda transfer narxim yozilmagan. Buni faqat klubni o'zi hal qiladi”,
- deydi Dibala.

Manba: CA



» Teg: Paulo Dibala |
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`tishing.
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga bosing sayt rivoji uchun!
Hafta futbolchisi
Garet Beyl, "Villarreal"ga qarshi bahsda 1 ta golga mualliflik qildi va ajoyib o'yin o'tkazdi. Uchrashuvni ikkinchi eng yaxshisi deb topilgan Beyl (7.5)ga loyiq ko'rildi.