Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
» 7info.UZ — Сараланган Янгиликлар
# Reklama joyi bo'sh!

"Yil transferi"ni birinchi bo'lib aytgan jurnalist Neymarning keyingi jamoasi haqida gapirdi


Neymarning "PSJ"ga o'tishini birinchi bo'lib malum qilgan braziliyalik jurnalist Marselo Bexler dunyoning eng qimmat o'yinchisining Parijdagi hayotiga bog'liq yangi ma'lumotlarni oshkor qildi.

"Neymar "Barselona"dan ketgani haqida borgan sari ko'proq afsuslanmoqda. Uning onasi va o'g'li hali ham Kataloniyadan istiqomat qilishadi. Ularsiz 25 yoshli futbolchi o'zini yolg'iz his qilmoqda.

Bundan tashqari, Neymarga berilgan alohida mavqe jamoaning boshqa futbolchilari noroziligiga sabab bo'lmoqda va bu echinish xonasidagi qo'shimcha bosimga olib kelmoqda",
– dedi Baxler.

Uning qo'shimcha qilishicha, "Barselona"da o'ynagan bo'lishiga qaramay, Neymar "Real Madrid" tomonidan beriladigan taklifni rad etmaydi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano

Teg: Marselo Baxler, Neymar, PSJ, Barselona, Real Madrid
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Atletiko"ga qarshi bahsda eng yuqori (7.8) ball jamg'arib uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi.