Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklamaga bosing sayt rivoji uchun!

"Real" Neymarni xarid qilib "Barselona"ga ruhiy zarba bermoqchimi?


Florentino Peres boshliq "Real" rahbariyati "PSJ" hujumchisi Neymarni unutgani yo‘q, deya xabar beradi "Marca" nashri.

"Qirollik klubi" rahbariyati jamoa o‘yinidan xavotirda, shuning uchun kuchli o‘yinchi emas, rostmana yulduzlarni sotib olmoqchi. Shu sababli bir nechta yulduzlar nomi keltirilmoqda, ammo madridliklarning nazlida Neymarga teng keladigani yo‘q.

Manbaning xabariga ko‘ra, "Real" kataloniyaliklarning sobiq futbolchisini 2019 yilning yozida sotib olmoqchi. Braziliyalik futbolchining sotib olinishi muhim strategik qaror sifatida ko‘rilmoqda - Madridliklar bu transfer bilan nafaqat o‘z tarkibini kuchaytiradi, balki, azaliy raqibi "Barselona"ga ruhiy zarba beradi.

"Barselona" bu kabi voqeani 2000 yilda boshdan kechirgan. O‘shanda Peres "Barselona" yarim himoyachisi Luish Figuni sotib olgan edi. Bundan tashqari, paytaxtliklar marketing borasida muhim masalani hal qilgan bo‘lar edi.

"PSJ" rahbariyati Neymarni har qanday holatda ham sotilmasligini ta’kidlamoqda. Ammo madridliklar Neymarning "Real"ga o‘tishga qarshi emasligiga ishonmoqdalar.

"Real" Neymarni xarid qilib "Barselona"ga ruhiy zarba bermoqchimi?

Manba: www.sports.ru



» Teg: Real Madrid, Neymar, PSJ |
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`tishing.
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga bosing sayt rivoji uchun!
Hafta futbolchisi
Garet Beyl, "Villarreal"ga qarshi bahsda 1 ta golga mualliflik qildi va ajoyib o'yin o'tkazdi. Uchrashuvni ikkinchi eng yaxshisi deb topilgan Beyl (7.5)ga loyiq ko'rildi.