Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
» 7info.UZ — Сараланган Янгиликлар
# Reklama joyi bo'sh!

Eshitdik-da: "80 foizlik chegirma bilan "Real" Ronalduni sotadi"


"Real Madrid" jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduni sotishga tayyor.

"El Mundo" nashrning yozishicha, 33 yoshli futbolchining shartnomasida 1 mlrd evro tovon puli belgilangan. Shunday bo'lishiga qaramay, klub rahbariyati futbolchini 200 mln evrodan kam bo'lmagan pul evaziga qo'yib yubormoqchi.

OAVda futbolchiga "PSJ", "Manchester Yunayted", "Bavariya" hamda "Yuventus" kabi klublar qiziqayotgani haqida malumotlar paydo bo'lganiga qaramay, hech qaysi klub Ronaldu borasida madridliklarga jiddiy taklif bilan chiqmagan.

Ronalduning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar belgilangan. Yakunlangan mavsumda portugaliyalik futbolchi barcha musobaqalarda 44ta o'yinda maydonga tushib, 44ta gol va 8ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano

Teg: Real Madrid, Krishtianu Ronaldu
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Viktoria Plzen"ga qarshi bahsda 1-golga mualliflik qilgan Benzema eng yuqori (8.5) ball jamg'arib uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi..