Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
» 7info.UZ — Сараланган Янгиликлар
# Sayt rivoji uchun bu yerga >> [bosing]

"Real" yangi hujumchi uchun Italiya klubiga katta pul to'lashga tayyor


Madridning "Real" klubi "Latsio" havbeki Sergey Milinkovich-Savichni nishonga olgan.

"SportMediase" nashri bergan xabariga ko'ra, madridliklar 23 yoshli yarim himoyachi uchun 150 million evro to'lashga tayyor va unga yiliga 6 million evrolik maosh to'lash nazarda tutilgan 5 yillik shartnoma taklif qiladi.

Ushbu futbolchi transferi bo'yicha "Real Madrid" hozircha rasmiy taklif bermagan. Biroq yaqin fursatlar ichida bu amalga oshishi mumkin.

Bundan oldinroq, "Yuventus" Milinkovich-Savich uchu 80 million evro to'lashga tayyorligi, ammo "Latsio" 120-130 million evro talab qilayotgani, futbolchining o'zi "Real"ga o'tishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano

Teg: Real Madrid, Sergey Milinkovich-Savich, Latsio
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Garet Beyl, "Liverpul"ga qarshi bahsda zahiradan maydonga tushib 2 ta golga mualliflik qildi va uning gollari evaziga "Real" 13-kubokni qo'lga kiritdi.