Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklamaga bosing sayt rivoji uchun!
# Sayt rivoji uchun bu yerga >> [bosing]

Ronalduning kelajagi bugun hal bo'lishi mumkin


"Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh bugun Qirollik klubi rahbariyati bilan uchrashib, o'z mijozining kelajagi masalasini muhokama qiladi.

"Sky Italia" berayotgan malumotiga ko'ra, Mendesh klub rahbariyatiga 33 yoshli ushbu futbolchi uchun berilgan 100 million evrolik taklifni rasman taqdim etgan. Agar uchrashuv muvaffaqiyatli kechsa, Ronalduning taqdiri 48 soat ichida hal bo'ladi.

Ronalduning keyingi klubi katta ehtimol bilan "Yuventus" bo'ladi.

Ushbu klub portugaliyalik yulduz bilan 4 yillik shartnoma bo'yicha og'zaki kelishuvga erishgan. Unga ko'ra futbolchi yiliga 30 million evro maosh oladi.

Ronaldu "Real" safida 2009 yildan buyon to'p surib kelmoqda. U Madrid jamoasi safida 15 sovringa ega chiqqan, shundan 4tasi Chempionlar Ligasi kubogidir.

Yakunlangan mavsumda Ronaldu "Real"ning barcha turnirlar doirasidagi 42 uchrashuvida qatnashib, 42 golga mualliflik qilgan.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano

» Teg: Real Madrid, Krishtianu Ronaldu, Yuventus |
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`tishing.
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga bosing sayt rivoji uchun!
Hafta futbolchisi
Garet Beyl, "Liverpul"ga qarshi bahsda zahiradan maydonga tushib 2 ta golga mualliflik qildi va uning gollari evaziga "Real" 13-kubokni qo'lga kiritdi.