Ronaldu ortidan Marselo ham "Yuventus"ga o'tishi mumkin
- » Yangiliklar » Transfer
- 13-07-2018, 17:41
- 538

Braziliya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi himoyachisi Marselo faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin, deya xabar tarqatmoqda "Corriere delle sera" nashri.
Nashr manbasiga ko'ra, 30 yoshli braziliyalik futbolchi Turin klubiga 40-60 million evroga tushishi mumkin.
Qo'shimcha qilinishicha, "Yuventus" himoyachi Aleks Sandroning ehtimoliy transferidan tushadigan mablag'ni Marseloni xarid qilishga yo'naltirmoqchi. Sandroga "Manchester Yunayted" qiziqmoqda.
O'tgan mavsumda Marselona "Real" safida 42 o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 10ta golli uzatmaga mualliflik qilgandi.
Manba: www.tribuna.uz

Muallif: El Capitano
Teg: Yuventus, Krishtianu Ronaldu, Real Madrid, Marselo
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish