Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
» 7info.UZ — Сараланган Янгиликлар
# Sayt rivoji uchun bu yerga >> [bosing]

Eshitdik-da: "Real" Azar transferi yuzasidan jiddiy taklif tayyorlayapti"


"Real Madrid" rahbarlari hamon "Chelsi" futbolchisi Eden Azarni sotib olish fikridan qaytganicha yo'q.

Qator ingliz nashrlari, xususan "Daily and Sunday Express" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, "Qirollik klubi" 27 yoshli futbolchi uchun 200 million funt (224 million evro) to'lashga tayyor.

Agar xarid yuqorida aytilgan shartlar asosida amalga oshsa, belgiyalik hujumchi futbol tarixidagi eng qimmatbaho o'yinchiga aylanadi. Ayni paytda bu rekord Neymarga tegishli. Braziliyalik yigit o'tgan yili 222 million evro evaziga "Barselona"dan "PSJ" tarkibiga o'tgandi.

Aniqki, madridliklar Azarni 117 million evro narx bilan "Yuventus"ga transfer qilingan Krishtianu Ronalduning o'rnini bosish uchun jamoaga olib kelmoqchi. Qo'shimcha qilinishicha, "ko'klar" ustozi Maurisio Sarri jamoa yetakchilaridan birini sotib yuborishga qatiy ravishda qarshilik ko'rsatmoqda.

Kelasi hafta "Real Madrid" rekord summadagi ushbu taklifini bildirishi va 31 avgustga qadar transferni rasmiylashtirib ulgurish uchun harakat boshlashi kutilmoqda. Yoz nihoyasida Ispaniyada transfer oynasi ham yopiladi.

Eslatib o'tamiz, Azar 2012 yildan buyon "Chelsi" safida to'p surib keladi. O'tgan mavsumda u "ko'klar"ning 51 o'yinida maydonga tushib, 17+13 mahsuldorlik ko'rsatkichiga erishgan. Edenning londonliklar bilan shartnomasi 2020 yil yoziga qadar amalda bo'ladi.

Qayd etish joiz, hafta boshida "Real" bundan ham balandroq narxga – 250 million evroga boshqa bir hujumchini olish niyatida ekani xabar qilingandi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano

Teg: Real Madrid, Eden Azar, CHelsi
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Garet Beyl, "Liverpul"ga qarshi bahsda zahiradan maydonga tushib 2 ta golga mualliflik qildi va uning gollari evaziga "Real" 13-kubokni qo'lga kiritdi.