Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
» 7info.UZ — Сараланган Янгиликлар
# Reklama joyi bo'sh!

"Real" Levandovski transferiga qanday munosabatda?


"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskining sobiq agenti "Tsezari Kuxarski Sport1" bilan suhbatda polshalik mijozining "Real"ga o'tishi haqida uzoq davom etgan gap-so'zlarga izoh berib o'tdi.

"Levandovski hech qachon "Real" uchun birinchi o'rindagi nomzod bo'lmagan", - deya malum qildi Kuxarski.

"Robert – professional futbolchi. "Bavariya"da o'ynash unga yoqadi. Ammo u hozircha bu klubda hali biror marta "Borussiya"dagidek o'yinini ko'rsata olmadi. Dortmund klubi safida u Chempionlar ligasi yarim finalida "Real" darvozasiga to'rtta gol kiritgan edi", - deya takidlaydi Levandovskining sobiq agenti.

Ketishi mumkinmi? Bu pulga bog'liq masala emas. Gap "Bavariya"ning Robert darajasidagi boshqa o'yinchini topa oladimi-yo'qmi, ana shunda", - deya qo'shimcha qilgan Tsezari Kuxarski.

Levandovski ushbu agenti bilan 10 yil davomida hamkorlik qilgan, shundan so'ng Pini Zaxavini yollagan edi. O'shanda Robertning bu qarori uning "Real"ga o'tish istagini ro'yobga chiqarish tomon tashlangan qadam, deb baholangan edi.

"Hamkorlikni nega to'xtatdik? "Bavariya" bilan oxirga shartnomani imzolash vaqtida pulga bo'lgan munosabat o'rtamizda muammo keltirib chiqargan edi", - deya malum qilgan Kuxarski.

Malumot o'rnida, 30 yoshli hujumchi "Borussiya D"da 4 mavsum to'p surgan, shundan so'ng 2014 yil yozida "Bavariya"ga ko'chib o'tgan edi. Uning dastlabki shartnomasi 5 yillik bo'lib, 2016 yil dekabrida bu muddat 2021 yilga qadar uzaytirildi.

Eslatib o'tamiz, shu yozda Polsha terma jamoasi sardori haqiqatan ham Myunxendan ketmoqchi bo'lgan, ammo avgust oxirlarida u "endi vaziyat o'zgargan"ini aytgan edi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano

Teg: Real Madrid, Robert Levandovski, Bavariya
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Marselo | "Levante"ga qarshi bahsda jamoa safida eng yuqori (8.5) ball jamg'arib uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi. Qolaversa u "Real"ning golsiz seriasiga barham berdi.