Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
» 7info.UZ — Сараланган Янгиликлар
# Reklama joyi bo'sh!

O'sha gap. "Real" qishda Azarni, yozda Neymarni sotib olmoqchi


Madridning "Real" klubi navbatdagi ikki transfer oynasi vaqtida yirik xaridlarga qo'l urishni rejalashtirmoqda.

Evropa matbuotida tarqalayotgan xabarlarga ko'ra, madridliklar qishda "CHelsi" yarimhimoyachisi Eden Azar transferini hal qilib, yozda "PSJ"dan hujumchi Neymarni sotib olishni mo'ljallamoqda.

"Real" belgiyalik xavbekni shu yil yozda ham sotib olmoqchi bo'lgan, ammo London klubi 200 million evro atrofida narx so'ragani bois bu amalga oshmay qolgandi. Azar bilan shartnoma 2020 yil yozida nihoyasiga etadi.

Neymarga kelsak, u "PSJ"ga kelganidan buyon 41 o'yinda maydonga tushib, 39 ta gol muallifi bo'ldi – bunday mahsuldorlik so'nggi vaqtlarda gollar taqchilligiga duch kelayotgan "qirollik klubi"ning etiborini tortmay qolmayapti.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano

Teg: Real Madrid, Eden Azar, CHelsi, Neymar, PSJ
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Marselo | "Levante"ga qarshi bahsda jamoa safida eng yuqori (8.5) ball jamg'arib uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi. Qolaversa u "Real"ning golsiz seriasiga barham berdi.