Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
# "Hala-Madrid.Uz" / Telegramda <<<
# Qashqadaryo e'lonlari batafsil...

"CHelsi" Azarni "Real"ga o'tishiga qarshilik qilmasligi mumkin, Ammo


"Chelsi" o'z vingeri Eden Azarni "Real Madrid"ga o'tishiga qarshilik qilmasligi mumkin. Ammo buning uchun "Qirollik klubi" london klubi qo'ygan shartga ko'nishi lozim bo'ladi.

"Sunday Express" nashri xabar qilishicha, "Aristokratlar" rahbariyati belgiyalik futbolchini Madrid grandiga o'tish istagi borligini yaxshi tushunib turgani boisidan barcha uchun maqbul yechim topishga urinmoqda. Variantlardan biri sifatida Azarni "Real Madrid" hujumchisi Garet Beylga almashtirish ehtimoli ko'rib chiqilyapti.

Eslatib o'tamiz, yaqindagina Eden Azar jurnalistlar bilan suhbat chog'ida "Real Madrid"ga o'tish uning orzusi ekanini ochiq aytib o'tgan edi.

"O'zim uchun yaxshiroq qarorga kelishni istayman, ammo klubga zarar yetishini xohlamayman, chunki "CHelsi" menga hamma narsani berdi. "Ha, yangi shartnoma imzolayman", deya olmayman. Shunday ekan, nima bo'lishini ko'ramiz", - deya takidlagan edi Eden Azar.

"Xayolimda, ba'zan o'ylarimda ertalab uyg'onib, ketishni istashim haqida o'ylab qolaman. Ba'zida esa qolishni xohlayman. Bu qiyin qaror. Bu mening kelajagim. Men 27 yoshdaman, yanvarda 28 ga to'laman", - deya qo'shimcha qilgandi belgiyalik vinger.

Malumot uchun, "CHelsi"ning Azar bilan shartnomasi 2020 yilgacha, "Real Madrid"ning Beyl bilan kelishuvi 2022 yilgacha mo'ljallab tuzilgan.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano

Teg: CHelsi, Eden Azar, Real Madrid, Garet Beyl
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Real Madrid"ning o'tgan mavsumdagi to'purari bo'ldi. Shu boisdan Benzemani yangi mavsum startiga qadar, o'tgan mavsum qahramoni deb hisobladik!