Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama


Belgiyalik o'zining fitnes tayyorgarligi haqida gapirdi.

"Real Madrid" vingeri Eden Azar karantin sharoitida formasini ushlab turish jarayoni haqida aytib o'tdi, u dietaning qiyinchiliklarini ham eslab o'tdi.

Azar: "Kamroq "bulochka" eyishga harakat qilyapman, lekin bu oson emas"

"Bu men uchun qiyin. Men ko'p egulik istemol qilmaslikka harakat qilyapman. Oshxonaga "bulochka"lar uchun kirmaslikka harakat qilayapman, lekin bu oson emas.

Fizioterapevt bilan onlayn ishlayapman. U bu erga kela olmaydi, chunki betob bo'lib qolgan va uyda qolish kerak. Biz 10 kun oldin boshladik va u uyidan menga video jo'natmoqda. To'pig'im ahvolini yaxshilash ustida ishlayapman va buni uy sharoitida nima qilish mumkin bo'lsa, hammasini bajaryapman", - deya Azarning so'zlarini keltirdi "RTBF".


Oldinroq, ispan OAVlari belgiyalik futbolchi may oyining oxirida jarohatdan to'liq forig' bo'lishini xabar qilishgandi.

Manba: CA




Muallif: El Capitano |
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Lukas Vazkes | "Betis" bilan bo'lgan uchrashuvda Lukas Vazkes ajoyib o'yin ko'rsatdi va yakunda 7.4 ball bilan jamoa tarkibida harakat qilgan eng yaxshi futbolchi dev topildi.