Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Lopetegi “Real”ga qarshi bahsdagi hakamlik haqida: “Bu sharmandalik”


“Sevilya” bosh murabbiyi Xulen Lopetegi La Liga doirasida “Real”ga (1:2) qarshi kechgan bahsning tanaffusi vaqtida hujumchi Lyuk de Yong tomonidan kiritilgan golning hakam tomonidan bekor qilinishiga noroziligini bildirib o'tdi.

“Bu sharmandalik, sharmandalik. Doimiy holat” - deya qichqirdi Lopetegi klub “Sevilya” sport direktoriga.

Uchrashuvning birinchi bo'limida bosh hakam Xuan Martines Munuera VAR orqali vaziyatni takroran ko'rib, de Yong tomonidan kiritilgan golni bekor qilgandi.

Gollandiyalik futbolchi burchakdan uzatib berilgan to'pdan keyin gol urgandi. Hakamning fikricha, “Sevilya” yarim himoyachisi Nemanya Gudel to'p uzatilayotgan vaqtda “Real” futbolchisi Eder Militaoning harakatlanishiga halaqit qilgan.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: Sevilya, Real Madrid, Xulen Lopetegi, Lyuk de Yong
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Federico Valverde | "Atletiko"ga qarshi kechgan Ispaniya Superkubogi final bahsida ajoyib o'yin ko'rsatdi, to'g'ri u gol urmadi. Biroq jamoaning g'alabasi uchun jasorat ko'rsata oldi.