-

Eshitdik-da. Varan bilan tortishib qolgani sababli Marselo sotib yuboriladi

32 yoshli braziliyalik himoyachi Marselo Madridning "Real" klubini yanvar oyida tark etadiganga o‘xshaydi.

"El Chiringuito" — nashrining yozishicha, Marselo jamoadoshi Rafael Varan bilan La Liganing 11-tur doirasida "Alaves" (1:2) qarshi o‘yindan keyin torishib qolgan. Shu sababli, futbolchi ichki muhitni buzmasligi uchun braziliyalik himoyachi yanvar oyida sotib yuboriladigan bo‘lib turibdi.

Bundan tashqari, Marselo Zinedin Zidanning rejalariga kiritilmayapti va fransiyalik murabbiyi ko‘proq Ferlan Mendiga ishonch bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Marselo "Qirollik klubi"da 2007 yildan beri o‘ynab kelmoqda.

Manba: www.stadion.uz


0 2

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.