"Hissiyotlar u qadar yaxshi emas. Biz o‘yin taqdirini hal qilish uchun imkoniyatlarga ega bo‘ldik, ammo bo‘lar ish bo‘ldi. Raqib gol urib, himoyaga yotib olganidan keyin bizga juda qiyin bo‘ldi. Bungacha biz ikkinchi golni urishimiz mumkin edi, ammo buni amalga oshira olmadik. Gap o‘zimizga bo‘lgan ishonchda emas, o‘rtaga nima tikilganini bilardik.
"Atletiko" qoqilmaydi, ammo mavsum olis va oldinda o‘yinlar ko‘p. Barcha jamoalar ochko yo‘qotishadi. Biz o‘z ishimizni bajarishda, kurashda davom etishimiz kerak. Biz ham ochko yo‘qotamiz, mana nima uchun taslim bo‘lmaslik kerak", — dedi Zidan.
"Real Madrid" Ispaniya chempionati jadvalida "Atletiko"dan 2 ochko ortda qolgan holda 2-o‘rinni egallab turibdi. "Matraschilar" hisobida 2ta zaxira o‘yini mavjud.
Manba: www.std.uz
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.