"Qirollik klubi" himoyachis Rafael Varan, 27 yoshida madridliklar bilan 16ta kubok yutib, Frantsiya milliy jamoasi bilan Jahon kubogini yutdi, o'z karerasida uchinchi marta Ispaniya chempioni bo'ldi.
"Le Parisien" - nashriga bergan intervyusida Varan uning jismoniy holati va jamoaning hozirgi holati haqida gapirdi.
La Liga haqida
"Kubokni yutib olish har doim quvonarli, ayniqsa hozirgi qiyin paytlarda: bu biz boshdan kechirayotgan hamma narsani inobatga olgan holda maxsus g'alaba. Chempionat tiklanishidan ikki hafta oldin, La Liganing aniq qayt boshlanishini bilmasdik, ammo biz barcha qiyinchiliklarga moslasha oldik. Bu moslashish qobiliyati chempionlikni qo'lga kiritish uchun kalit edi".
Eng zo'r mudofaa haqida
"Biz bundan mamnunmiz: siz 10 yildan beri bir-biringizni taniganingizda, avtomatik harakatlar qila boshlaysiz, biz bir-birimizni ko'p jihatdan to'ldirmoqdamiz - maydonda Serxio Ramos bilan gaplashishga majbur emasman, birga o'ynaymiz va bir-birimiz uchun qulaymiz. Biz o'zimizni eng yaxshisi deya his qilyapmiz".
"Manchester Siti" bilan o'yin haqida
“Biz o'zimizga juda ishonamiz. Agar Madrid haqida gapiradigan bo'lsak, unda har qanday narsa mumkin - mavjud vaziyatga qaramay, har doim umid bor. Bizni qiyin o'yin kutayotganini tushunamiz, ammo biz "qaymoqrangli" futbolka kiyganimiz, biz har doim o'z mas'uliyatimizni tushunamiz: muxlislar oldida burchimiz bor".
Zinedin Zidan haqida
"Biz bilan muloqotda Zidan har doim o'zining klassikasi va nafisligi bilan ajralib turadi - bu taqdir yoki u o'ziga xos sovg'a. Zidan biz uchun ulkan ilhom manbai: u imkonsiz narsani amalga oshirishga qodir. U o'z xabarini yetkazish uchun ko'p gapirishga hojat yo'q - Zidan o'zining xotirjamligi bilan bizga ishonch bag'ishlaydi".
Karim Benzema haqida
"Men Benzemaning nimaga qodirligini uzoq vaqtdan beri bilaman. U hozir juda xursand, endi u o'zining eng yaxshi o'yinini namoyish qilmoqda va qiyin vaziyatda: Karim hujumda yetakchiga aylandi - men uni faqat olqishlay olaman".
Mening xizmatim haqida
"Men yutuqlarga e'tibor qaratmayman - yutgan sovrinlarni ko'rishga shoshilmayman. Turnirni boshlaganda, men faqat g'alaba haqida o'ylayman. Biz barcha hisob-kitoblarni kariyeramiz oxirida qilamiz. Biz chempion bo'ldik, ammo muxlislarimiz Chempionlar Ligasi hali oldinda ekanligini eslatib turishadi".
Evropa chempionati haqida
"Men bu haqda o'ylamayman - barchasi hali ham noaniq: Evropa chempionatigacha hali butun mavsumni o'tkazish kerak. Agar men milliy jamoa bilan Evropa chempioni bo'la olsam, bu juda yaxshi bo'lardi, ammo hozir klubim futboliga e'tibor qaratishim kerak. Jamoadoshlarim bilan yana uchrashish har doim yoqimli".
www.realmadrid.ru - saytidan Murod Sharifov tarjimasi.
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.