Tibo Kurtua: "Og'ir hafta o'tdi"

"Real" posboni Tibo Kurtua ECHL va LaLigada so'nggi o'yinlardagi mag'lubiyatlar haqida post qoldirdi.

O'tgan hafta davomida "Real" ECHLda "SHerif" va LaLigada "Espanol"ga bir xil 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

"Omadsiz haftani birorta yaxshi natijasiz yakunlash og'ir. Ha, bizga ham qiyin bo'lmoqda. Ammo jamoaga ishonaman. Biz o'sishga erisha olamiz!", - deb yozadi posbon.

Ayni damda "Real" ECHLda 2 o'yindan keyin 3 ochko to'plagan holda 2-o'rinni egallab turgan bo'lsa, LaLigada 17 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlar evaziga peshqadamlik qilib turibdi.

Manba: www.championat.asia


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Izoh qoldirish

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив