"O'ylaymanki, ikkala jamoada ham katta bosim mavjud. Ehtimol, "Real Madrid" so'nggi 2 o'yinda o'z darajasida o'ynamagandir, ammo bu ularning "El Klasiko"ga tushkun kayfiyatda kelishlarini anglatmaydi.
"Real" – bosim bilan qanday kurashishi kerakligini biladigan tajribali futbolchilardan tashkil topgan jamoa. Ular g'alaba qozonish kerakligini tushunishadi.
"Real" zaif o'yin ko'rsatishini kutmayapman, aksincha. Ular uchun Ramos o'ynashi juda muhim. U ajoyib markaziy himoyachi, maydondagi xarizmatik. Uning mavjudligi ko'p narsaga tasir qiladi.
Klasiko – har doim o'ziga xos bo'lgan. Biz o'z uyimizda g'alaba qozonmoqchimiz. SHu orqali o'zimizga bo'lgan ishonchni mustahkamlab, to'g'ri yo'lda ekanimizni ko'rsatamiz", – dedi niderlandiyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv 24 oktyabr kuni (Toshkent vaqti bilan 19:00da) o'tkaziladi.
Manba: www.championat.asia