Zidan Ramos va Modrichning shartnomasi sabab xavotirda ekanini yaxshirmadi


"Real Madrid" bosh murabbiyi Zinedin Zidan shartnomasi yakunlanayotgan futbolchi bilan tezroq yangi shartnoma imzolanishini istamoqda.

"Shartnomasi yakunlanayotgan o‘yinchilar? Ular jamoada qolishini istayman. Ular men uchun eng yaxshi futbolchilar. Albatta, bu ishlar tezroq amalga oshirilishini istardim", - dedi Zidan "Elche"ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Joriy mavsum so‘ngida "Real Madrid"ning 3 nafar futbolchisi erkin agentga aylanadi. Ular: Serxio Ramos, Luka Modrich va Lukas Vaskes. Ma’lumotlarga qaraganda, klub hozir ular bilan kelishuvni uzaytirish borasida muzokara olib bormoqda.

Manba: www.marca.com


2 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.