Benzema "Real"ning mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi


"Qirollik klubi" hujumchisi Karim Benzema jamoaning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Tvitterdagi so'rovnomada Serxio Ramos, Kazemiro, Vinisius Junior va Federiko Valverdeni ortda qoldirgan Benzemaga maxsus sovrin topshirildi. Benzema ketma-ket ikkinchi marta ushbu sovrinni qo'lga kiritdi.

"Men juda ham xursandman va bu menga maydonda yana ham yaxshiroq harakatlanishim uchun uchun ko'proq kuch baxsh etadi", - dedi Benzema.

Karim Benzema ushbu mavsumda barcha turnirlarda jami 28 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: www.marca.com


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.