Bosh sahifa » Yangiliklar » "Real Madrid" - "Barselona" Uchrashuv haqida biz bilishimiz kerak bo'lgan 5 ta muhim jihat (+foto)
Ma`lumot
  • O`qilgan: 70
  • Muallif: El Capitano
  • Sana: Вчера, 12:37
Вчера, 12:37

"Real Madrid" - "Barselona" Uchrashuv haqida biz bilishimiz kerak bo'lgan 5 ta muhim jihat (+foto)

Toyifa: Yangiliklar

"Real" LaLiganing 33-turida "Barselona"ni "Santyago Bernabeu"da qabul qildi.
Bu bahsda "Qirollik klubi" 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi. tiboringizga ushbu uchrashuvning 5 muhim jihatini suratlar bilan taqdim etamiz.


1. Muxlislar "El-Klassiko"ni ushbu jamoalarning sobiq futbolchilari bilan tomosha qilishdi

"El-Klassiko" dunyoda eng ko'p muxlis yig'a oladigan sport voqeasi hisoblanadi. O'yin jahon bo'ylab 400 mln. teletomoshabin yig'a oladi.

"Barselona" sobiq himoyachisi Karles Puyol ushbu uchrashuvni Greciyaning Saloniki shahrida minglab qochoqlar bilan birgalikda tomosha qildi.
"Real Madrid" - "Barselona" Uchrashuv haqida biz bilishimiz kerak bo'lgan 5 ta muhim jihat (+foto)

"El-Klassiko"ning sobiq ishtirokchilari Raul Gonsales hamda Janluka Zambrotta Manxettonda "El-Klassiko"gacha boshlovchilik qilishdi va muxlislarni zeriktirishmadi.
"Real Madrid" - "Barselona" Uchrashuv haqida biz bilishimiz kerak bo'lgan 5 ta muhim jihat (+foto)

2.Messidan navbatdagi rekordlar

Messi deyarli barcha rekordlarni yangilagandek edi, ammo "El-Klassiko"dagi uning birinchi goli argentinalikka yangi natija olib keldi.

Messi LaLiga doirasida "El-Klassiko" uchrashuvlarida eng ko'p gol urgan futbolchiga aylandi (16 ta gol) va Alfreda Di Stefanoda o'tib ketdi.

Uning ikkinchi rekordi - Leo "Barselona" safida 500 golini urdi.
"Real Madrid" - "Barselona" Uchrashuv haqida biz bilishimiz kerak bo'lgan 5 ta muhim jihat (+foto)

3. Lionel tishini sindirib olgan bo'lishi mumkin

Messi hamda Marselo o'rtasidagi kurashlar doimo janjal va jarohatlar bilan tugagan.

"Barselona"ning 10-raqamli futbolchisi to'p uchun kurashda Marseloning tirsagiga urildi va og'zini ushlab chimga yiqildi. Biroz o'tib operatorlar og'zi qon bo'lgan Messini ko'rsatishdi.
"Real Madrid" - "Barselona" Uchrashuv haqida biz bilishimiz kerak bo'lgan 5 ta muhim jihat (+foto)

"Real Madrid" - "Barselona" Uchrashuv haqida biz bilishimiz kerak bo'lgan 5 ta muhim jihat (+foto)

4. Stadionda ikkala jamoa safida to'p tepgan futbolchilar bor edi

Ha, ularning ikki nafari o'yinni "Santyago Bernabeu"da tomosha qildi. Braziliyalik Ronaldo avval "Barselona"da o'ynab, keyin "Real" sharafini himoya qilgan. Xuddi shu ishni portugaliyalik Luish Figu ham takrorlagan.
"Real Madrid" - "Barselona" Uchrashuv haqida biz bilishimiz kerak bo'lgan 5 ta muhim jihat (+foto)

5. Ramos "El-Klassiko"da qizil kartochka olishni, Alexandro Ernandes esa unga qizil kartochka berishni yoqtiradi

"Real" himoyachisi Serxio Ramosning "El-Klassiko"da qizil kartochka olishi ko'pchilik uchun hayron qolarli voqea emas, chunki u faoliyati davomida 22 marotaba o'yindan chetlatilgan va shularning 5 tasi "Barselona"ga qarshi bahsda bo'lgan.

Ramos ikki oyog'i bilan Messiga tashlangani uchun 77-daqiqada hakam Alexandro Ernandes tomonidan chetlatildi. O'tgan yil "Kamp Nou"da xuddi shu hakam Serxio Ramosga qizil kartochka ko'rsatgan edi.
"Real Madrid" - "Barselona" Uchrashuv haqida biz bilishimiz kerak bo'lgan 5 ta muhim jihat (+foto)

"Real Madrid" - "Barselona" Uchrashuv haqida biz bilishimiz kerak bo'lgan 5 ta muhim jihat (+foto)

El Capitano "CA" nashri asosida tayyorladi
Hurmatli foydalanuvchi, saytimdan to`liq foydalanmoqchi bo`lsangiz.
iltimos avval saytimizdan ro`yxatdan o`ting.

Добавление комментария

Ism:*
E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчеркнутый текст Зачеркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищенной ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Kodni kiriting: *

@ "Hala Madrid" group 2012 - 2016
Dasturlovchi: M u r o d b e k