Luish Figu: "Ronalduning ketishi Benzemaning rivojlanishida muhim rol o'ynadi"


"Qirollik klubi" sobiq futbolchisi Luish Figu jamoa hujumchisi Karim Benzemaning yakuniga yetgan mavsumdagi muvaffaqiyatlari haqida fikr bildirib o'tdi.

"Benzema ajoyib o'yinchi va u bu yil o'zini barchaga namoyish qildi.

U Krishtianu ketganidan so'ng jamoaning muhim futbolchisiga aylandi, chunki u o'zini shunday his qilmoqda.

Krishtianu Ronaldu "Yuventus"ga ketganida, Ko'pchilik Benzema "Real Madrid"ning asosiy futbolchisiga aylanishini tahmin qilishmagan edi", - deya Luish Figuning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda "tribuna.com" sayti.


Fransiyalik hujumchi muhlislarning olqishlariga sazovor bo'ldi, shu qatorda France FA prezidenti ham uning ajoyib mavsum o'tkazgani uchun maqtadi.

O'tgan mavsumda Benzema La Ligada 21ta gol urdi va uning gollari jamoa hisobiga 16 ochko to'plashga yordam berdi.

Manba: www.tribuna.com


1 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.
Food Tips and Chef's Answers