"Renn" bu yozda Eduardo Kamavingani qo'yib yubormoqchi emas


"Renn" prezidenti Nikolas Xolvek Kamavinga ushbu yozda, shu jumladan koronavirus inqirozi tufayli klubni tark etmasligini aniq aytdi. 

Xolvek "Bavariya", "Real Madrid" yoki "PSJ" ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi - uning fikriga ko'ra, ushbu yozgi transfer oynasida gigantlarning hech biri katta pul sarflamaydi.

Avvalroq, futbolchi uchun kurashda "Real Madrid" asosiy davogar sifatida ko'rilayotgan edi.

Haqiqat shundaki, "Real Madrid" 17 yoshli yarim himoyachi uchun 70 million evro to'lashga tayyor emas. "Renn" esa uni 70 milliondan kam takliflarni ko'rib chiqmayd. Bundan tashqari boshqa klublar ham shunday fikrda ekani turgan gap, voqealar rivojini kuzatib boring, qolganini vaqt ko'rsatadi.

Manba: www.realmadrid.ru


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Izoh qoldirish

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив