Eshitdik-da. Ronaldu "Yuventus"da sobiq jamoadoshini ko‘rmoqchi


 Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sportitalia xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, "keksa sinyoralar" hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub rahbariyatidan sobiq jamoadoshini xarid qilishni so‘ramoqda. Turinliklar rahbariyati ham fransiyalik hujumchini xarid qilishga tayyor. 

Eslatib o‘tamiz, 2019/20 yilgi mavsumda Benzema La Ligada 37ta o‘yinda maydonga tushib, 21ta gol urgan va 8ta golga assistentlik qilgan.

Manba: CA


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.