Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Real" ustozi Zidan "Liverpul" futbolchisini maqtadi


"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Liverpul" yarim himoyachisi Muhammad Salax o'yini haqida fikr bildirdi.

"Salax - ajoyib futbolchi, buni "Roma"da ko'rsatdi, hozir esa "Liverpul"da isbotlamoqda. U hali yosh va o'sishda davom etmoqda. Boshqa futbolchilar haqida ko'p gapirmayman, ammo u men yuqori baho beradigan o'yinchi", - deydi mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, dekabr oyi boshida Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper Salaxga "Real"dan jiddiy qiziqish bo'layotganini ma'lum qilgandi.

Ma'lumot uchun, ushbu mavsumda Misrlik futbolchi "Liverpul" safida barcha musobaqalar 25 uchrashuv o'tkazgan bo'lib, 19 gol va 6 golli uzatma muallifi bo'lgan.

"Real" ustozi Zidan "Liverpul" futbolchisini maqtadi

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano
|
Teg: Real Madrid, Zinedin Zidan, Liverpul, Muhammad Salax
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Selta"ga qarshi bahsda bitta gol urdi va yana bir golga uzatma berdi. Shu boisdan Benzemani hafta o'yinchisi deb topildi.