-

"Real" Belgiya terma jamoasidan norozi

 Belgiya terma jamoasi UEFA Millatlar Ligasi doirasida Xorvatiya hamda Shvetsiya termalariga qarshi o‘yin o‘tkazdi.

Bu uchrashuvlarda jamoa yig‘iniga chaqirilgan "Real" vingeri Eden Azar biror marta ham maydonga tushmadi.

"Qirollik klubi" rahbariyati jamoaning muhim futbolchisi bunday foydasiz yig‘inlar tufayli yangi mavsum uchun tayyorgarlik jarayonlarini o‘tkazib yuborayotganligidan jiddiy norozi bo‘ldi. Shuningdek, bosim sababli 29 yoshli futbolchining jarohat olish ehtimoli ortadi.

O‘tgan mavsum Azar jarohat tufayli mavsumning katta qismini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgandi.

Manba: www.sport.es


0 0

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.