Xames uchun 3 klub da’vogarlik qilmoqda


Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges yozgi transfer vaqtida jamoasini o‘zgartiradi. Bu haqda El Chiringuito xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, kolumbiyalik havbek xizmatiga "Benfika", "Inter" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xames joriy mavsumda 8ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan va 1ta golga assistentlik qilgan. Qishki transfer vaqtida futbolchi Madridning "Atletiko" klubiga o‘tishi mumkin edi, biroq "qirollik klubi" futbolchini qo‘yib yubormagandi.

Manba: www.stadion.uz



0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.
Food Tips and Chef's Answers