Beyl "Real"da qolib, 60 mln yevro ishlab olmoqchi


"Real" yarimhimoyachisi Garet Beyl boshqa klubga ketmoqchi emas.

AS - xabariga ko‘ra, 31 yoshli uelslik shartnomasi muddati tugagunga qadar Madridda qolmoqchi. U mehnat bitimida ko‘rsatilgan maoshining hammasini olishni maqsad qilgan.

Agar Beyl maqsadiga yetsa, 2 mavsum uchun soliqlarsiz 60 million yevro ishlab oladi.

Beyl vakillari unga yangi klub izlayotgani yo‘q. Bosh murabbiyi Zinedin Zidan esa uning xizmatiga muhtoj emasligini namoyish qilmoqda: futbolchi La Liganing so‘nggi 7ta o‘yinida zaxirada qoldirildi.

Avvalroq "Real" Beylning 2 yillik maoshini to‘lab, undan qutulmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Bu mavsumda futbolchi La Liga doirasida 16ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan va shuncha golga hammualliflik qilgan.

Manba: www.tribuna.uz


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.
Food Tips and Chef's Answers