Arteta Iskoning transferi borasidagi malumotlarga javob berdi


"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Real" yarim himoyachisi Iskoning ehtimoliy transferi haqida gapirdi.

"Iskoning transferi? Men bizning tarkibimizda bo'lmagan o'yinchi borasidagi mish-mishlarga izoh bera olmayman", - deydi ispaniyalik mutaxassis.

Oldinroq, 28 yoshli ispaniyalik futbolchining "Sevilya"ga 2021 yilning yozida o'tishga qaror qilgani borasida xabarlar yangragan edi.

Iskoning "qirollik klubi" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Xavbek joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

Manba: www.championat.asia


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.