Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
# "Hala-Madrid.Uz" / Telegramda <<<
# Qashqadaryo e'lonlari batafsil...

Varan: "ECHLni ketma-ket uch marta yutish juda qiyin, ammo bunga tayyormiz"


"Real" imoyachisi Rafael Varan jamoasining CHempionlar ligasida yutish imkoniyatlari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

1/8 finalda madridliklar "PSJ" vakillariga qarshi maydonga tushadi.

"Chempionlar ligasini ketma-ket ikki marta qo'lga kiritish qiyin, ammo juda ajoyib bo'lgandi, chunki shu kunga qadar bu ishni hech bir jamoa uddalay olmagandi. O'ylashimcha, haligacha biz bu natijaning qiymatini to'liq anglab yetganimiz yo'q. Balki tez orada bu juda ajoyib va chindan ham buyuk natija bo'lganini to'liq tushunib yetarmiz.

Bu mavsumda ham bizda yana bir yangi rekordni o'rnatish imkoniyati bor va bu katta motivatsiya beradi. CHempionlar ligasidada ketma-ket uch marta g'alaba qozonish bu aqlbovar qilmas va fantastik natija. Bizda juda yaxshi jamoa bor va bu ishni uddalay olishimiz mumkin. "Real" uchun bu turnirga nisbatan alohida yondoshuv bor, bu biz uchun juda katta maqsad.

CHempionlar ligasida ketma-ket uch marta g'alaba qozonish juda qiyin bo'lishini yaxshi bilamiz, ammo bunga tayyormiz va yetarli darajada tajribaga egamiz",
— deya Varanning so'zlarini keltiradi "Marca" nashri.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano

Teg: Real Madrid, Rafael Varan, Chempionlar ligasi
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Real Madrid"ning o'tgan mavsumdagi to'purari bo'ldi. Shu boisdan Benzemani yangi mavsum startiga qadar, o'tgan mavsum qahramoni deb hisobladik!