Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Tavsiya qilamiz

Ronaldu: Xuddi birinchi marta yutgandek o'zimni his qilyapman


Madridning “Real” klubi hamda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatida to'rtinchi marta “Oltin to'p” mukofotini qo'lga kiritdi.
Navbatdagi muvaffaqiyatidan keyin futbolchi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“To'rtinchi marta “Oltin to'p” mukofotini qo'lga kiritish men uchun sharaf. Xuddi birinchi marta yutgandek o'zimni his qilyapman. Orzuim yana amalga oshdi. Futsatdan foydalanib “Real” va Portugaliya termasidagi sheriklarimga minnatdorlik bildiraman.

Men uchun shaxsiy va jamoaviy yutuqlar muhim. Har doimgidek bor kuchimni namoyish qilishga harakat qilaman. Ushbu mukofotni yutib olish oson emas va uni qo'lga kiritganimdan xursandman. Avvallari “Oltin to'p”ni 4 marta yutib olaman deb sira o'ylamagan edim”,
– dedi Ronaldu.



» Teg: |
Telegramda bizga qo`shiling!
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`tishingizni so`raymiz.
Hoziroq:
Ro`yxatdan o`tish
Hafta futbolchisi
Garet Beyl, maydonga qaytdi va "Selta" darvozasiga ikkita ajoyib to'p kiritdi. Biroq yakunda "Real Madrid" g'alabani qo'ldan chiqargan bo'lsada, Beyl kimligini isbotlab qo'ydi.