Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa

Krishtianu Ronalduning Madeyra aeroportidagi haykalini 15 kun davomida sobiq farrosh yasagan

[b]Portugaliya terma jamoasi va "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning Madeyra aeroportidagi haykali 15 kun ichida sobiq farrosh tomonidan yasalgan.

Havaskor-haykaltarosh Emanuel Santoshning so'zlariga ko'ra, haykalni yasash uchun unda faqat 15 kun bo'lgan va uni futbolchiga qarab emas, suratlar yordamida yaratgan.

"Krishtianu Ronalduning internetdagi suratlaridan foydalandim. Ularning barini oldimga qo'yib, o'z ishimni boshladim" - deydi haykaltarosh.

Santosh o'zi ishi borasida salbiy fikrlar eshitganini aytdi, biroq uning so'zlariga ko'ra, ushbu haykal Ronalduga yoqqan ekan.

Manba: CA

Teglar: |
Telegramda bizga qo`shiling!
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Uxshash maqolalar
Barcha izohlar (0)