"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola ECHL 1/8 finali doirasida "Real"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.
"Real" maydonida o'tgan ilk uchrashuvda "shaharliklar" 2:1 hisobida g'alabaga erishishgandi."Yaxshi o'yin o'tkazishni istayman. Final bo'ladi. Nafaqat biz, balki "Real" uchun ham. Rejaga ko'ra, xatoga yo'l qo'ymaslik kerak. O'tgan voqeliklar bizning o'yinimizga tasir o'tkazmasligi kerak. O'tmish - bu o'tmish. Barchasi qanday bo'lsa shunday. Buni to'g'ri qabul qilish kerak. Hayot shunday. Hayot ideal emas.
Ishtiyoq - navbatdagi bosqichga o'tish. O'zimizni ko'rsatib, "Real"dan o'ta oladigan jamoa ekanligimizni isbotlashimiz kerak. Faqatgina barcha aspektlarda raqibdan ustun bo'lgan holda bunga erishish mumkin. "Real" kabi jamoalar hech qachon xatolarni kechirmaydi", - dedi kataloniyalik.
Manba: www.championat.asia
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.