Fransiya, Niderlandiya, Belgiya va Shotlandiyada mavsum oxiriga yetkazilmagan bo‘lsa, Germaniya va Ispaniya chempionatni yakunlab qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Italiyada mavsum tugashiga 2 tur bo‘lsa-da, bu mamlakatdan ECHLda ishtirok etadigan 4 jamoaning nomi aniq bo‘lib ulgurdi. Shuningdek, Angliyadan ikkita klub aniq bo‘lgan.
Jami 26ta jamoaga bevosita ECHL guruh bosqichida ishtirok etish huquqi beriladi. Hozirgi kunga kelib bu huquqni qo‘lga kiritgan jamoalar:
Angliya: Liverpul, Manchester Siti
Ispaniya: Real Madrid, Barselona, Sevilya, Atletiko Madrid
Germaniya: Bavariya, Borussiya D, RB Leypsig, Borussiya M
Italiya: Yuventus, Inter, Atalanta, Lasio
Fransiya: PSJ, Marsel, Renn (agar Yevropa ligasi-2019/20 g‘olibi o‘z milliy chempionati orqali ECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa)
Belgiya: Bryugge
Ukraina: Shaxtyor
Turkiya: Istanbul Bashekshehir
Portugaliya: Portu
Rossiya: Zenit, Lokomotiv
Niderlandiya: Ayaks (agar ECHL-2019/20 g‘olibi o‘z milliy chempionati orqali Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa)
Kim qoldi?
Bugun Angliyada ikkita ishtirokchi aniq bo‘ladi. Da’vogarlar 3ta: "Chelsi", "Manchester Yunayted" va "Lester".
Yana 2ta o‘rin Chempionlar ligasi-2019/20 va Evropa ligasi-2019/20 g‘oliblariga beriladi. ECHLning joriy mavsumida o‘z yurishini davom ettirayotgan "Napoli", "Lion" va "Chelsi" klublari o‘z chempionatlari orqali turnirning kelgusi mavsumidagi ishtirokini kafolatlashmadi. Bu 3 klubdan biri ECHLda g‘olib chiqmasa, "Ayaks" guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
Agar Evropa ligasida, milliy chempionat orqali ECHLning keyingi mavsumida ishtirok etishi aniq bo‘lgan klub g‘alaba qozonsa (bunday klublar — "Inter", "Sevilya", "Shaxtyor" va "Istanbul"; "MYU" bunga yaqin turibdi), Fransiyaning "Renn" klubi Chempionlar ligasini bevosita guruh bosqichidan boshlaydi.
Manba: www.std.uz
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.