-

ECHL. “Real” Ramossiz o'tgan so'nggi 8 bahsning 7 tasida yutqazdi

Biroz oldin CHempionlar Ligasi ilk turidan o'rin olgan “Real” hamda “SHaxtyor” o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi va unda kutilmaganda donecliklar 3:2 hisobida zafar quchishdi.

Ushbu bahsni jarohati bois madridliklar sardori Serxio Ramos o'tkazib yubordi.

SHunday qilib, “qirollik klubi” Ramossiz ECHL doirasida o'tgan so'nggi 8 uchrashuvning 7 tasida mag'lubiyatga uchradi. Qo'shimchasiga, "Real" 1961 yildan beri ilk bor evrokuboklarda qatorasiga 3 o'yinda yutqazdi.

Eslatib o'tamiz, bugun “Real” markaziy himoyasida Rafael Varan – Eder Militao tandemi o'ynagandi.

Manba: www.championat.asia


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.