ECHL. "Borussiya M" - "Real" 2:2. Biznikilar zo'rg'a mag'lubiyatdan qutilib qoldi


Evropa CHempionlar Ligasi guruh bosqichi 2-tur bahslari davom etadi.

Bugun Madridning "Real" klubi Myonxengladbaxda "Borussiya" mehmoni bo'ldi va so'nggi daqiqalarda o'yinni qutqarib qoldi. Uchrashuvda dastlab "Borussiya" 23 yoshli Markus Tyuramning gollari evaziga oldinga chiqib oldi. Ispan grandi esa o'yinning so'nggi daqiqalarida Karim Benzema va Kazemiro tomonidan urilgan gollar tufayli mag'lubiyatdan qutulib qoldi. Takidlash lozimki, ushbu bahsdan keyin "Real"ning guruhdagi ahvoliga havas qilib bo'lmaydi. "Qirollik klubi" ayni paytda so'nggi pog'onani band qilib turibdi.

ECHL. "Borussiya M" - "Real" 2:2. Biznikilar zo'rg'a mag'lubiyatdan qutilib qoldi

Borussiya M – Real Madrid 2:2

Gollar: 1:0 – 33 Tyuram, 2:0 – 58 Tyuram, 2:1 – 87 Benzema, 2:2 – 90 Kazemiro.

Borussiya M – Zommer, Elvedi, Ginter, Layner, Bensebayni, Xofmann, Kramer, SHtindl (Volf, 79), Noyxaus, Plea (Embolo, 79), Tyuram (Xerrmann, 71).

Real Madrid – Kurtua, Ramos, Varan, Mendi, Vaskes, Kazemiro, Kroos (Modrich, 71), Asensio (Rodrigo, 84), Valverde, Vinisius Junior (Azar, 70), Benzema.



Ogohlantirishlar: SHtindl (55), Bensebayni (79), Noyxaus (85), Kazemiro (89).



Manba: www.halamadrid.uz




0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Izoh qoldirish

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив