Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Xitoyliklarni ishtaxasi karnay Ronaldu uchun 200 mln ...


Xitoyliklarni ishtaxasi karnay, "Qirollik klubi" super yulduzi Krishtianu Ronalduni turli chin o'lka klublari o'z safida ko'rishni istashmoqda

Malum bo'lishicha, nomi oshkor qilinmayotgan Xitoy klublaridan biri Portugaliya terma jamoasi futbolchisi uchun 200 mln. evro taklif qilgan.

Futbolchining o'ziga esa yillik 120 mln. evro maosh berishmoqchi. Agar transfer amalga oshsa, bu eng katta maosh bo'ladi, chunki hozirgacha hech bir futbolchiga bunday maosh taklif qilishmagan. Xitoy klubi rahbariyati bu ishga jiddiy kirishgan va kelasi haftada Madridga uchib, "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres bilan muzokara o'tkazmoqchi.

Oldinroq "PSJ", "Monako" va "Manchester Yunayted" Ronaldu uchun 180 mln. evro taklif qilgani elon qilingandi.

Manba: CA


Muallif: El Capitano |
Teg: Krishtianu Ronaldu
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.