Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Peresning so'zlaridan so'ng Ronaldu "Real"ni tark etish fikrini qayta ko'rib chiqmoqchi


Madridning "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubini o'zgartirish qarorini qayta ko'rib chiqmoqchi.

Malumotlarga qaraganda, "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peresning so'zlaridan so'ng, Portugaliya terma jamoasi futbolchisining kayfiyati o'zgargan. Klub rahbari Ronaldu bu ishni maoshi oshishi uchun qilmaganini aytgan edi. Bundan tashqari, Peresning fikricha, futbolchida soliqni yashirish fikri bo'lmagan.

Bundan so'ng Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi do'stlariga, Peresning so'zlari unga yoqqanini aytgan. Futbolchi Peres bilan suhbatlashmaguncha, yakuniy qarorni qabul qilmaydi.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu 2011-2014 yillarda 14,7 mln. evro miqdorida soliq to'lamaganlikda ayblanmoqda.

Manba: CA


Muallif: El Capitano |
Teg: Krishtianu Ronaldu
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.