Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Real" himoyachisi Danilo "Chelsi"ga o'tishga yaqin turibdi


"Qirollik klubi" himoyachisi Danilo uchun kurashda "Chelsi" "Yuventus"ni ortda qoldirdi deya xabar bermoqda "UOL" nashri.

Nashrning xabariga ko'ra, "CHelsi" 31 million evro evaziga futbolchining transferi borasida kelishuvga erishishga yaqin turibdi.

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan himoyachini qo'yib yubormoqchi emasdi. Ammo "CHelsi"ning APLdagi muvaffaqiyatli odimi Daniloni Madrid klubini tark etishga undagan.

Ikki yil ilgari "Real" braziliyalik futbolchini "Portu"dan 31,5 million evroga sotib olgandi.

Avvalroq, "Real" va "Yuventus" 20 million evro evaziga ushbu futbolchini Turinga o'tishini kelishib olishganligi haqida xabarlar chiqqandi.

Manba: CA


Muallif: El Capitano |
Teg: Danilo
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.