Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Shok xabar: UZREPORT TV va FUTBOL TV "El Classico"ni namoyish qilmaydi, biroq...


13-avgustdan 14-avgustga o'tar kechasi soat 01:00da bo'lib o'tishi kutilayotgan "El Classico" O'zbekistonlik muhlislarning ham e'tibor markazida bo'lishi shubxasiz.

Ayniqsa ushbu qarama-qarshilikni jonli efir orqali, uyda yoki do'stlar davrasida ajoyib atmosfera hosil qilgan holda kuzatish odat tusiga kirgan. Biroq O'zbekiston hududida Yevropa chempionatlarni namoish qilib kelayotgan "UzReport TV" va "Futbol TV" kanallari ushbu "El Classico"ni translatsiya qilmasligi ma'lum bo'ldi. Sababi oddiy "UZREPORT TV" Ispaniya Superkubogi translatsiya huquqini sotib olmagan.

O'zbekistonlik muhlislarda ushbu qarama-qarshilikni qaysi kanal orqali jonli efirda ko'rsam bo'ladi degan savol tug'ilishi ta'biy. Keling biz sizga "El Classico"ni translatsiya qiluvchi kanallar nomini aytib o'tsak azizlar.

Pulli telekanallar ro'yxati:

Match TV - Ushbu telekanal ayrim viloyatlarga "Uzdigital" tufayli yetib kelgan. Ayrim joylarda bepul!

Varzish TV - Ushbu telekanal Tojikistonga tegishli hisoblanib, yaqinda pulli kanallar paketiga qo'shildi.

FUTBOL HD - ushbu kanal ham TJK davlatiga tegishli

Shuningek, uchrashuvni Sentana Sport, bein Sports, Sky Sports telekanallari orqali tomosha qilishingiz ham mumkin!

Bepul telekanallar:

"AD Sports 1" va "AD Sports 2" orqali "E l classico"ni tomosha qiling. Telekanal mutlaqo bepul.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya Super kubog bahslarini "Futbol TV" va "Uzreport TV" telekanallari namoyish qilmaydi!

Shok xabar: UZREPORT TV va FUTBOL TV "El Classico"ni namoyish qilmaydi, biroq...

Manba: Uzreport TV


Muallif: El Capitano |
Teg: TV Dasturlar
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (1)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.