Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Barselona" va "Real" so'nggi 5 yilda transferlar uchun 1 mlrd evrodan ko'proq mablag' sarflashdi


Ispaniyaning ikki etakchisi "Barselona" va "Real" 2013 yildan boshlab yangi futbolchilar uchun qariyb bir xil miqdorda mablag' sarflashdi.

Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar o'tgan vaqt mobaynida yangi futbolchilar sotib olish uchun 509,1 million evro, madridliklar esa 505,7 mln evro sarflashdi. Jami bo'lib ikki jamoa 1 mlrd evrodan ko'proq mablag' ishlatishgan.


Bu davrda sotib olingan futbolchilardan "Real"da 13 nafari, jumladan Garet Beyl, Isko, Daniel Karvaxal va Kazemiro kabi futbolchilar hamon to'p surayotgan bo'lsa, "Barselona"da bu kabi futbolchilar soni 16 nafarni tashkil qilmoqda.


2013 yildan buyon "Real" EChLda uch marta g'alaba qozongan bo'lsa, bir marta Ispaniya chempioni nomini qo'lga kiritgan. "Barselona" esa bu davrda ikki marta Ispaniya chempioni va bir marta EChL bosh sovriniga ega chiqqan.

Manba: Tribuna


Muallif: Zuhriddin |
Teg: Real Madrid, Barselona
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (1)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.