Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Xorvatiya terma jamoasi ustozi: "Modrich hech qachon terma jamoadan ketish haqida o'ylamagan"


Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ante CHachich "Real" va milliy jamoa yarim himoyachisi Luka Modrichni qo'llab-quvvatladi.

Futbolchi yolg'on ko'rsatma berish borasidagi mojarodan so'ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlash haqida o'ylab qolganini tan oldi.

"Luka Modrich jahonning eng yaxshi yarim himoyachisi hisoblanadi va u Xorvatiya terma jamoasida o'ynayotganidan faxrlanadi. U hech qachon milliy jamoadan ketish haqida gapirmagan va o'ylamagan. Perishich? Ivan bilan gaplashdim. U "Inter"da baxtli. Luchano Spalletti uni qadrlaydi va yangi shartnoma tayyorlamoqda" - deydi CHachich.

Eslatib o'tamiz, Xorvatiya terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida Kosovo (2 sentyabr) va Turkiyaga (5 sentyabr) qarshi bo'lib o'tadigan bahslarga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Xorvatiya terma jamoasi ustozi: "Modrich hech qachon terma jamoadan ketish haqida o'ylamagan"

Manba: CA


Muallif: Zuhriddin |
Teg: Xarvatiya, CHarchich, Luka Modrich
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.