Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Zidan "Real"dagi hal qiluvchi futbolchi kimligini aytdi, biroq Ronaldu emas


"Real" jamoasi bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Garet Beylni qo'llab-quvvatlamoqda.

Ushbu uelslik futbolchi Ispaniya chempionatining ikkinchi turida "Valensiya" ga qarshi o'yinda muxlislar tomonidan hushtakbozlikka yo'liqqandi.

"Beyl - jamoaning muhim, hal qiluvchi futbolchisi. Garet - bu Garet. Biz qattiq ishlashda davom etamiz, Beylga ham, boshqa futbolchilarga ham ishonch bildirishda davom etamiz", - deya Zidanning so'zlaridan iqtibos keltiradi "Fourtwo" nashri.

Bundan avvalroq Marko Asensio ko'rsatayotgan o'yinlar tufayli Garet Beylga hojat qolmayotgani, unga "Manchester Yunayted"dan 100 million evrolik taklif borligi va bu taklif qabul qilinishi mumkinligi haqida xabarlar berilgandi.

Manba: www.fourtwo.com


Muallif: Galakticos |
Teg: Zinedin Zidan, Garet Beyl
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.