Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Krishtianu Ronaldu: "CHempionlar ligasi – Realning musobaqasi. Uni yana yutmoqchimiz"


Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu APOEL bilan o'yinda (3:0) ikkita gol urgach, o'z fikrlarini bildirdi.

"Bu g'alaba qozonishimiz shart bo'lgan o'yin edi - o'z uyimizda ilk turni g'alaba bilan tugatmoqchi edik. O'ylashimcha yaxshi harakat qildik. Himoyaviy jamoa raqiblik qilishini bilardik. Undan ko'proq gol urishimiz mumkin edi, ammo asosiysi g'alabaga erishdik.

Maydonga qaytganimdan xursandman (Ispaniya chempionatida Ronaldu diskvalifikaciya muddatini o'tamoqda). CHempionlar ligasi – o'zgacha turnir, bu erda gol urish men uchun muhim. Jamoaga yordam berganimdan xursandman.

Albatta, biz CHempionlar ligasida g'olib bo'lmoqchimiz. Bu Realning musobaqasi va biz unda yana g'alabaga erishmoqchimiz",
- deydi Ronaldu.

Manba: CA


Muallif: El Capitano |
Teg: Krishtianu Ronaldu
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.