Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Real" va Uels terma jamoasi murabbiylari o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi


"Real" klubi bilan Uels terma jamoasi murabbiylari o‘rtasida manfa`atlar to‘qnashuvi yuz berdi.

Manbaning xabar berishicha, "Qirollik klubi" ustozi Zinedin Zidan hujumchi Garet Beylning JCH-2018 saralash o‘yinlarida maydonga tushishiga keskin qarshilik bildirishi sabab qilib ko`rsatilgan.

Klub shifokorlari tashxisiga ko‘ra, futbolchida mushaklarning charchoq alomatlari bor. Agar u dam olmasa, jarohatini yangilab olishi mumkin. Uels terma jamoasi esa JCH-2018 yo‘llanmasi uchun kurashda Beylning xizmatiga juda ham muhtoj. Ayni paytda uelsliklar D guruhida 14 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. Saralashning so‘nggi 2 turida Uels safarda Gruziya va o‘z maydonida Irlandiya bilan bellashadi.

Manba: CA


Muallif: Galakticos |
Teg: Garet Beyl
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (1)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Federico Valverde | "Atletiko"ga qarshi kechgan Ispaniya Superkubogi final bahsida ajoyib o'yin ko'rsatdi, to'g'ri u gol urmadi. Biroq jamoaning g'alabasi uchun jasorat ko'rsata oldi.