Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Portugaliya bosh murabbiyi Ronalduni Andorraga qarshi o‘yinda nima uchun zahiradan tushurganini aytd


Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush Andorraga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda(2:0) Ronalduni boshlang‘ich tarkibga kiritmadi. Portugaliyalik murabbiy buning sababini izohlab o‘tdi.

"Men bu haqda ko‘p o‘yladim. Ronaldu ikki kun ichida 100 foiz shug‘ullanmadi. Bunday qarorga kelishimga ko‘p sabablar bor edi. O‘yinlar qiyin. Shu bois, jamoaga foyda keltiradigan qarorlarni qabul qilaman. Ushbu qarorga shubha bilan qaradimmi? Biz g‘alaba qozondik, bu eng muhimi", - dedi Santush.

Ronaldu Andorraga qarshi uchrashuvning ikkinchi bo‘limi boshida maydonga tushdi va 63-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Portugaliyalik futbolchi JCH-2018 saralash bosqichidagi gollari sonini 15taga yetkazib, Polsha terma jamoasi hujumchisi Levandovski bilan tenglashib oldi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Fernandu Santush, Krishtianu Ronaldu
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (2)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.